ELITE OFFENSIVE SECURITY COMPANYTOSHKENT / UZBEKISTAN

CYBER-BRO / TECHNOLOGIES

Vazifangizga mos
kiberxavfsizlik mahsuloti.

Tashqi tahdidlar, Windows va Android qurilmalari, brauzer xavfsizligi hamda hisobot tayyorlash uchun beshta mahsulot ishlab chiqamiz. Har bir yechimni alohida amaliy vazifani hal qilishga yo‘naltiramiz.

Threat Intelligence

01 / Tashqi tahdidlar

Threat Intelligence

Threat Intelligence orqali kompaniyangiz nomi, domenlari va hisob ma’lumotlariga bog‘liq tashqi tahdidlarni kuzatamiz. Topilmalarni tahlil qilib, jamoangiz qaysi xavfga avval javob berishi kerakligini tushuntiramiz.

Yechim bilan tanishish
SentinelBRO

02 / Windows xavfsizligi

SentinelBRO

SentinelBRO’ni Windows qurilmalaridagi zaifliklar va xavfsizlik sozlamalarini tekshirish uchun yaratdik. Mahsulotimiz yangilanishlar, jarayonlar va shubhali faollikni baholab, himoyani kuchaytirish bo‘yicha tushunarli hisobot beradi.

Yechim bilan tanishish
CYBER ORS

03 / Hisobot va dalillar

CYBER ORS

CYBER ORS orqali veb xavfsizlik tekshiruvi natijalarini tartibli hisobotga jamlashga yordam beramiz. Mahsulotimiz zaiflik dalili, xavf bahosi va tuzatish tavsiyasini bir joyda ko‘rsatadi.

Yechim bilan tanishish
AVANGARD MSS

04 / Mobil xavfsizlik

AVANGARD MSS

AVANGARD MSS’ni Android qurilmalarida kundalik xavfsizlikni boshqarish uchun yaratdik. Yechimimiz ilovalarni tekshirish, xavfli domenlarni cheklash va parollarni qurilmaning o‘zida saqlash imkonini beradi.

Yechim bilan tanishish
Ogohlantiraman

05 / Brauzer xavfsizligi

Ogohlantiraman

Ogohlantiraman kengaytmamiz Chrome brauzerida saytning texnik belgilarini tushunarli ko‘rsatadi. Shu orqali ma’lumot kiritishdan oldin ehtimoliy xavflarni anglash va ongli qaror qilishga yordam beramiz.

Yechim bilan tanishish
CYBER-BRO / INCIDENT RESPONSE

Insident sodir bo‘ldimi?

Vaziyatni qisqacha yozing. Murojaatingizni ko‘rib chiqib, keyingi qadamlarni kelishish uchun siz bilan bog‘lanamiz.

Parol yoki maxfiy fayl yubormang. Zarur dalillarni xavfsiz almashish usulini alohida kelishamiz.

Maxfiylik siyosati